«ART GRANIT TASHKENT» MChJ XK ventilyatsiyalanadigan fasad tizimlari uchun butlovchi qismlarni yetkazib beradigan yetakchi ishlab chiqaruvchi hisoblanadi. Qalinligi 1,2 mm dan 2 mm gacha bo‘lgan, yuzasi 100 mikron rux bilan qoplangan yuqori sifatli po‘latdan yasalgan buyumlar taklif qiladigan asosiy mahsulotimiz hisoblanadi. Qariyb 20 yildan beri kompaniyamiz ventilyatsiyalanadigan osma fasadlar, jumladan, yuza maydoni va sirtining murakkabligi har qanday fasadlar uchun butlovchi qismlarni yasash va yetkazib berishga ixtisoslashgan. Ishlab chiqarishda faqat sertifikatlangan materiallarni ishlatish evaziga biz mahsulotimizning yuksak sifati va ishonchliligini ta’minlaymiz.
Kompaniyamiz uskunalar bilan a’lo darajada ta’minlangan ishlab chiqarish maydonlariga va tajribali xodimlarga ega.
Gorizontal yo‘nalishda turtib yoki surilib chiqqan qismlarni vertikal tekislikda (devor yoki kolonnada) mahkamlash uchun xizmat qiladigan tayanch detal yoki konstruksiya
O‘LCHAMLARI:
– Kronshteyn KK 80*70*100 – 1,2 mm, rux bilan qoplangan – Kronshteyn KK 80*70*120 – 1,2 mm, rux bilan qoplangan – Kronshteyn KK 80*70*150 – 1,2 mm, rux bilan qoplangan – Mijozning buyurtmasi bo‘yicha alohida o‘lchamda
P-shaklli profil qoplama materiallari yoxud boshqa konstruksiya va ashyolar uchun karkas singari fasadning turli elementlarini mahkamlash uchun barqaror negiz yaratish uchun ishlatiladi.
O‘LCHAMLARI:
– 30*60*30 mm – 1,2 mm, rux bilan qoplangan – 40*180*40 mm – 1,5 mm, rux bilan qoplangan – 40*200*40 mm – 1,5 mm otsin – Mijozning buyurtmasi bo‘yicha alohida o‘lchamda
Muhandislarimiz tomonidan ishlab chiqilgan misli yo‘q klyamer fasad materiallarini mahkamlash uchun ilg‘or texnologik yechim hisoblanadi. Uning shakli va konstruksiyasi foydalanishning turli sharoitlarida maksimal mustahkamlik va samaradorlikni ta’minlash uchun maxsus optimallashtirilgan.
O‘LCHAMLARI:
– Klyammer qatorli rux bilan qoplangan – Klyammer qatorli NK rux bilan qoplangan
C-shaklli profil panel yoki shisha kabi fasad materiallarini mahkamlash uchun asosiy element sifatida muhimdir. Uning shakli yuklamani samarali taqismlagan holda materiallarni tejab, mahkam birikmani ta’minlashga imkon beradi. Konstruksiyasi va funksional imkoniyatlari evaziga bino fasadining barqarorligini ta’minlashda va estetik ko‘rinishida muhim o‘rin tutadi.
O‘LCHAMLARI:
– 40*60*40 mm – 1,2 mm, rux bilan qoplangan – 30*30*30 mm – 1,2 mm, rux bilan qoplangan – Mijozning buyurtmasi bo‘yicha alohida o‘lchamda
G-shaklli profil – fasad elementlarini binoning asosiy konstruksiyasiga mustahkam birikishini ta’minlovchi «G» harfi shaklidagi fasad tizimining elementidir.
O‘LCHAMLARI:
– 40*40 – 1,2 mm, rux bilan qoplangan – 50*40 – 1,2 mm, rux bilan qoplangan – 60*40 – 1,2 mm, rux bilan qoplangan – Mijozning buyurtmasi bo‘yicha alohida o‘lchamda
Z-shaklli profil – «Z» harfi shaklidagi fasad tizimining elementi, binoning asosiy konstruksiyasiga turli xil fasad elementlarini mahkam biriktirish uchun ishlatiladi.
O‘LChAMLARI:
– 30*30*40 – 1,2 mm, rux bilan qoplangan – Mijozning buyurtmasi bo‘yicha alohida o‘lchamda
Soyabonli profil zamonaviy fasad tizimlarining eng muhim elementi hisoblanadi. Uning maxsus konstruksiyasi nafaqat mahkam birikishni, balki, binoning uslubi va tusiga urg‘u bergan holda, estetik mukammallikni ham ta’minlaydi.
O‘LCHAMLARI:
– 50*60*50 mm – 1,2 mm, rux bilan qoplangan – Mijozning buyurtmasi bo‘yicha alohida o‘lchamda
Ventilyatsiyalanadigan fasad – devor va pardoz o‘rtasida havo o‘tuvchi, shudringlanishni oldini oluvchi va havo haydalishini ta’minlovchi tirqish.
PARONITLI PROKLADKA
SOPOL GRANIT
ANKER
KRONSHTEYN
HAVONI TORTUVCHI ZAKLYOPKA
G-SHAKLLI PROFIL
QATORLI KLYAMER
Ventilyatsiyalanadigan fasad mog‘or, zamburug‘ hosil bo‘lishini va materiallarning yemirilishini oldini olib, xizmat ko‘rsatish va ta’mirga sarflanadigan xarajatlarni tejaydi. Bu uzoq muddatli istiqbolda mablag‘ni tejaydi.
Ventilyatsiyalanadigan fasad devor konstruksiyalarida shudring va nam to‘planishini oldini oladi, bu esa zanglash va materiallarning yemirilish xavfini pasaytiradi. Bunda binoning butligi saqlanadi va uning xizmat muddati uzoq yillarga uzayadi.
Ventilyatsiyalanadigan fasad havo sirkulyatsiyasi evaziga harorat va namlikni nazorat qilishga ko‘maklashib, turmush va ish uchun qulay1roq shart-sharoitlarni ta’minlaydi.
BIZ BAJARGAN ISHLAR
yakkaasaroy city mall UY-JOY KOMPLEKSI
VAZIFA:
Fasadining maydoni katta va murakkab burimli baland bino. Oqibatda ho‘l montaj bilan qoplash murakkab jarayonga aylanib ketardi.
YECHIM:
Ventilyatsiyalanadigan fasad tizimlaridan foydalanib plitkali materiallar bilan pardozlash.
BESH CHINOR BIZNES-MARKAZI
VAZIFA:
Fasadning tashqi ko‘rinishi qoniqarsiz. Fasadning yuzasi notekis. Qish faslida sovuq bo‘lsa, yoz paytlarida quyosh ostida qolgan tarafi qizib ketgani uchun binoning xonalari ichi issiq bo‘lardi.
YECHIM:
Ventilyatsiyalanadigan osma fasad tizimlarini tezkor montaj qilish.
MUSIQA VA SAN’AT MAKTABI
VAZIFA:
Binoning fasadi estetik emas va yuzasi notekis. Qish faslida xonalarning ichi sovuq bo‘lsa, yozda quyosh ostida qolgan tarafi qizib ketgani uchun binoning ichidagi harorat normadan ancha baland bo‘lib, noqulaylik tug‘dirardi.
YECHIM:
Ventilyatsiyalanadigan fasad tizimlaridan foydalanib plitkali materiallar bilan pardozlash.
Berilmagan savollaringiz qoldimi?
Aloqa uchun ma’lumotlaringizni qoldiring va biz siz bilan bog‘lanamiz